Musulmonlar bir qancha vaqt Baytul-Maqdisga qarab namoz o‘qiganlaridan keyin, qibla Ka’baga qarashi kerakligi haqidagi oyat nozil bo‘ldi. O‘sha vaqtdan buyon musulmonlarning qiblasi Ka’ba uyi tarafidadir. Bu voqea Islom tarixida qiblaning tayin bo‘lishi, ya’ni "Tahvili qibla", deb ataladi.