uz
Free
Abdurauf Fitrat

Hind sayyohining qissasi

  • Xurmathas quoted3 years ago
    O‘ylab ko‘ring, musulmonlar o‘z dinlari haqida qaerda ta’lim oladilar? Madrasada. Namozlarini qaerda o‘qiydilar? Masjidda. Bu masjid va madrasani biz uchun kim quradi? Davlatmand kishilar. Shuning uchun, davlat egalari haqoratlashga emas, madh va maqtovga loyiqdirlar.
  • Xurmathas quoted3 years ago
    Biroq, Buxoro davlatining madaniyati, tabobati, sanoati va hatto yer osti boyliklaridan xalq manfaati yo‘lida foydalanish, o‘lkaning ma’naviy va moddiy boyliklari haqidagi qayg‘urishlari uni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yuksaklikka ko‘taradi.
  • Xurmathas quoted3 years ago
    Imom Muhammad binni Ismoil Buxoriy «Sahihi Buxoriy»ni yaratish uchun olti yuz ming hadis to‘plab, ularning ichidan to‘qqiz ming ikki yuzta to‘g‘ri hadisni ajratib, o‘z kitobini yaratdi. Shunda ham bu hadislarning uch mingigina asldir.
  • Xurmathas quoted3 years ago
    Sizlarning har birlaring yaxshi bilasizlarki, musulmonchilik binosi besh amrdan iboratdir: iymon, namoz, zakot, haj, ro‘za. Har kim zakot va hajni amalga oshirish uchun pul kerakligini biladi. Pulsiz kishilar bu ikki ibodatdan mahrumdirlar.
  • Xurmathas quoted3 years ago
    Dehqonchilik asboblari va ekin-tikin usullari hali ham hazrat Odam Atoning dehqonchiligidan farq qilmaydi. Masalan, Ovro‘po mamlakatlari o‘zlarining yirik shaharlarida dehqonchilikka oid maktab ochganlar. O‘z farzandlarini shu maktablarga kiritib, qishloq xo‘jaligiga oid fanlardan ta’lim beradilar. Bu mulkning dehqonlari esa, «dehqonchilik maktabi» degan tushunchani tushlarida ham ko‘rmaganlar.
  • Xurmathas quoted3 years ago
    Kunlardan birida uning qo‘shnisi atayinmi, adashibmi, uning o‘g‘itini o‘z yeriga solgan. Ushbu holdan xabar topgan Safar g‘azablanib qo‘shnisini so‘kadi, qo‘shnisi ham o‘z navbatida Safarni haqoratlaydi. Bir daqiqa vaqt o‘tar-o‘tmas, janjal yiriklashib, katta mojaroga aylanadi. Shariat hokimi — qozi janoblari ikki yuz tanga muhrona, yuz tanga xizmat haqi olib, ushbu mojaroni hal etganlar. Bechora Safar rais odamiga ham yuz tanga bergan. O‘sha kuni bu xabar hokimxonaga yetib keldi. Biz ham odam yuborib, ikki yuz tanga oldik. Ustiga-ustak, mirshab yuz tanga undirgan. Shunday qilib, bir qop o‘g‘it uchun bu bechoraning olti yuz tanga pulini viloyatning to‘rt hokimi tomoqqa urdilar.
  • Xurmathas quoted3 years ago
    Men: Odam faqat tibbiy kitoblarni o‘qish bilan ham tabib bo‘la oladimi?

    Tabib: Albatta, tib kitoblarini mutolaa etaversa, bu osondir.

    Men: Yo‘q, xato qilasiz, maktab o‘qimasdan turib tabib bo‘lish mumkin emas. Taraqqiy etgan mamlakatlarda o‘n yil umumiy ta’lim olingandan so‘ng, tibbiy maktabga kirib besh yil o‘qiydilar, shundan keyingina tabib bo‘ladilar. Siz bo‘lsangiz «bo‘sh vaqtimda otamdan qolgan kitoblarni o‘qidim», deysiz. Sizning bu aytganingiz bilan tabib bo‘lish mumkin emas...
  • Xurmathas quoted3 years ago
    Ajabtovur e’tiqodga ega ekanlar. Bir tomondan tabibsizlik, boshqa tomondan dono tabiblarga e’tiqodsizlik. Ana shu ikki narsa Buxoroda biron-bir kishining sog‘ qolmasligi uchun yetarli omildir.
  • Xurmathas quoted3 years ago
    Ertani o‘ylash olam obodligining boisidir. Tukkor safar mashaqqatlarini chekar ekan, dunyosining bugungidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishini, mulla hujraning qorong‘i burchagida o‘ta och holda kun o‘tkazar ekan, kelasi yili mudarris bo‘lishni, hokim xalq qonini so‘rayotib, ertaga vazirlik lavozimiga ko‘tarilishni istaydi. Podshoh esa ertaga bir mulkning xutbasiga nomini qo‘shib o‘qishlarini o‘ylab, yuz ming askarning o‘limiga rozi bo‘ladi. Shunday qilib, ming yillardan beri davom etayotgan va bundan keyin ham davom etadigan bu ishlarning barisi istiqbol ishqida, ya’ni kelasi zamon uchun amalga oshiriladi.
  • Xurmathas quoted3 years ago
    Islom ahli Yunon, Eron, Hind va Chinning ilmu fan ixtirolarini to‘plab va o‘zlaridan ko‘pgina narsalarni qo‘shib, oqibatul-amr, bularning barini ovrupoliklarga topshirdilar.»
fb2epub
Drag & drop your files (not more than 5 at once)