Suv osti saltanatida hayot yo'q deb o'ylaysizmi? Xato qilasiz! Albatta bor – u ajoyib, maftunkor, sehrli. Dengizda shoh malikasi bilan hukmron. Ular ba'zan sho'x musiqa sadolari ostida raqs tushib, ko'ngil xushlashni yoqtirishadi. “Sadko suv osti saltanatida” ertagini tinglasangiz, bunga o'zingiz ham amin bo'lasiz.