bookmate game
id

Abdurauf Fitrat

  • Xurmathas quoted2 years ago
    Qorixonalarga egamiz, biroq butun Buxoroda biron bir kishi «olloh» degan buyuk so‘zni dil-dilidan ayta olarmikin?
  • Xurmathas quoted2 years ago
    Nega endi gunohni Olloh dargohida sodir etib, pop oldida tavba qilamiz-u, tavbamizning qabul qilinishi evaziga ularga pul ham beramiz?»
  • Xurmathas quoted2 years ago
    Islom ahli Yunon, Eron, Hind va Chinning ilmu fan ixtirolarini to‘plab va o‘zlaridan ko‘pgina narsalarni qo‘shib, oqibatul-amr, bularning barini ovrupoliklarga topshirdilar.»
  • Xurmathas quoted2 years ago
    Buxoro sarbozlarining ahvoli juda qiziq. Taraqqiy etgan davlatlarda askarlik muddati uch-to‘rt yil, biroq bu Buxoro sarbozlari uchun muqaddas xizmat bo‘lmasdan, jinoyatning jazosidir.
  • Xurmathas quoted2 years ago
    Men: Odam faqat tibbiy kitoblarni o‘qish bilan ham tabib bo‘la oladimi?

    Tabib: Albatta, tib kitoblarini mutolaa etaversa, bu osondir.

    Men: Yo‘q, xato qilasiz, maktab o‘qimasdan turib tabib bo‘lish mumkin emas. Taraqqiy etgan mamlakatlarda o‘n yil umumiy ta’lim olingandan so‘ng, tibbiy maktabga kirib besh yil o‘qiydilar, shundan keyingina tabib bo‘ladilar. Siz bo‘lsangiz «bo‘sh vaqtimda otamdan qolgan kitoblarni o‘qidim», deysiz. Sizning bu aytganingiz bilan tabib bo‘lish mumkin emas...
  • Xurmathas quoted2 years ago
    Ajabtovur e’tiqodga ega ekanlar. Bir tomondan tabibsizlik, boshqa tomondan dono tabiblarga e’tiqodsizlik. Ana shu ikki narsa Buxoroda biron-bir kishining sog‘ qolmasligi uchun yetarli omildir.
  • Xurmathas quoted2 years ago
    Ertani o‘ylash olam obodligining boisidir. Tukkor safar mashaqqatlarini chekar ekan, dunyosining bugungidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishini, mulla hujraning qorong‘i burchagida o‘ta och holda kun o‘tkazar ekan, kelasi yili mudarris bo‘lishni, hokim xalq qonini so‘rayotib, ertaga vazirlik lavozimiga ko‘tarilishni istaydi. Podshoh esa ertaga bir mulkning xutbasiga nomini qo‘shib o‘qishlarini o‘ylab, yuz ming askarning o‘limiga rozi bo‘ladi. Shunday qilib, ming yillardan beri davom etayotgan va bundan keyin ham davom etadigan bu ishlarning barisi istiqbol ishqida, ya’ni kelasi zamon uchun amalga oshiriladi.
  • Xurmathas quoted2 years ago
    Dehqonchilik asboblari va ekin-tikin usullari hali ham hazrat Odam Atoning dehqonchiligidan farq qilmaydi. Masalan, Ovro‘po mamlakatlari o‘zlarining yirik shaharlarida dehqonchilikka oid maktab ochganlar. O‘z farzandlarini shu maktablarga kiritib, qishloq xo‘jaligiga oid fanlardan ta’lim beradilar. Bu mulkning dehqonlari esa, «dehqonchilik maktabi» degan tushunchani tushlarida ham ko‘rmaganlar.
  • Xurmathas quoted2 years ago
    Kunlardan birida uning qo‘shnisi atayinmi, adashibmi, uning o‘g‘itini o‘z yeriga solgan. Ushbu holdan xabar topgan Safar g‘azablanib qo‘shnisini so‘kadi, qo‘shnisi ham o‘z navbatida Safarni haqoratlaydi. Bir daqiqa vaqt o‘tar-o‘tmas, janjal yiriklashib, katta mojaroga aylanadi. Shariat hokimi — qozi janoblari ikki yuz tanga muhrona, yuz tanga xizmat haqi olib, ushbu mojaroni hal etganlar. Bechora Safar rais odamiga ham yuz tanga bergan. O‘sha kuni bu xabar hokimxonaga yetib keldi. Biz ham odam yuborib, ikki yuz tanga oldik. Ustiga-ustak, mirshab yuz tanga undirgan. Shunday qilib, bir qop o‘g‘it uchun bu bechoraning olti yuz tanga pulini viloyatning to‘rt hokimi tomoqqa urdilar.
  • Xurmathas quoted2 years ago
    Imom Muhammad binni Ismoil Buxoriy «Sahihi Buxoriy»ni yaratish uchun olti yuz ming hadis to‘plab, ularning ichidan to‘qqiz ming ikki yuzta to‘g‘ri hadisni ajratib, o‘z kitobini yaratdi. Shunda ham bu hadislarning uch mingigina asldir.
fb2epub
Drag & drop your files (not more than 5 at once)